Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!
Sizlarni va Sizlar orqali mehnat jamoangizni, oila a’zolaringizni mamlakatimiz 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Jahonda o‘z ona tilini ulug‘lamagan, uning sha’ni, obro‘si uchun kurashmagan xalqni topish mushkul. Tilda har bir xalqning asrlar davomida bosib o‘tgan yo‘li, tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, ma’naviyati, madaniyati va san’ati aks etadi. Shu ma’noda, bugungi kunda mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va nufuzini oshirish borasida har bir sohada muhim o‘zgarishlar, yangilanishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.
Bugun har birimizning oldimizda o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish, jozibadorligi va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirish vazifasi turibdi. Zero, ota-bobolarimiz ta’kidlaganidek, “Til yashasa – millat yashaydi!”
Aziz temiryo‘lchilar! Sizlarni yana bir bor ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lgan ona tilimiz ardoqlanadigan shukuhli bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxtu saodat yor bo‘lsin!
Hamisha ro‘zg‘oringiz barakali, turmushingiz farovon bo‘lsin!
Ona tilimizni asrash, uning nufuzini oshirish yo‘lidagi hissangiz ziyoda bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b.
X.Xasilov
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI