
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJdan yo‘lovchilarga eslatma!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab olingan bo‘lib, jamiyatimizning barcha amaliyotlari bosqichma-bosqich raqamlashtirish tizimiga o‘tkazilmoqda.
Jumladan, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar hamda imkoniyatlar yaratish maqsadida, jamiyatimizning chipta.railway.uz sayti hamda mobil ilovalari orqali onlayn tarzda chiptalarni xarid qilish jarayonida yo‘lovchilarga Telegram-mesenjeri, Google Chrome, Fecebook, hamda One-ID elektron manzillari orqali ro‘yhatdan o‘tishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, yo‘lovchilar tomonidan yo‘lovchi poyezdlariga jamiyatimizning chipta.railway.uz sayti hamda mobil ilovalari orqali onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni, yo‘lovchilarning elektron manzillariga hamda telegramm mesenjerlariga PDF format ko‘rinishida yuborish tizimi ishga tushurildi.
IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda joylardagi ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI