Yo'lovchilarga e'lon!

“Sergeli” va “Jaloir” stansiyalari oralig’idagi 10 km 1 piketdan 10 km 4 piketgacha temir yo’lni reabilitatsiya ishlari olib borilayotganligi sababli, Toshkent–Andijon yoʻnalishidagi 64-sonli yo’lovchi poyezd  2022-yil 28-oktabr kuni soat 17:22 da va Andijon–Toshkent yoʻnalishidagi 63-sonli poyezd harakati 2022-yil 29-oktabr, soat 7:00 da vaqtincha bekor qilinadi.

Xarid qilingan chiptalar temir yo'l kassalarida qaytarib olinadi hamda chipta pullari hech qanday foiz ushlanmasdan, o'rnatilgan tartibda va belgilangan muddat ichida qaytarib berilishi kafolatlanadi. Elektron chiptalarni esa http://chipta.railway.uz  saytidagi "shaxsiy kabinet" orqali qaytariladi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI