O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga qizg‘in tayyorgarlik ko'rilmoqda

Ma'lumki, 2020-yil 11-noyabrda bo'lib o'tgan O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabriknomasida 11-noyabr kuni yana bir kasb bayrami – O'zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash taklifi bildirilgan edi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tomonidan bayramga faol tayyorgarlik ko'rilmoqda va barcha korxona va tashkilotlarda turli mavzulardagi ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari boshlandi.

Xususan Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasi tasarrufidagi Qo‘ng‘irot vagon deposi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasida sex kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkilotlar o‘rtasida voleybol sport musobaqasi, Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi “Lokomotiv” markaziy jismoniy tarbiya va sport klubida ayollar o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Termiz temiryo‘l masofa korxonasining boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi esa bayram munosabati bilan 6 nafar ishlamaydigan pensionerlarning uylariga tashrif buyurib, ular holidan xabar oldilar.

Shuni ta'kidlash kerakki, kasaba uyushmalari kuni uchun shunga o'xshash tadbirlar rejalashtirilgan va katta bayram dasturi ham kutilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI