“Sharg‘unko‘mir” AJda modernizatsiya jarayoni o‘rganildi
Ana shunday uchrashuvlardan biri, Sariosiyo tumanidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi “Sharg‘unko‘mir” AJda bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ– 2727-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ““Sharg‘unko‘mir” AJni modernizatsiya qilish” investitsiyaviy loyihasi va uni amalga oshirish borasidagi ishlar va chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.
Tadbirda ushbu sohaga masʼul bo‘lgan tuman hokimi A.Xo‘jakulov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. X.Omonov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari D.Nosirov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari bilan suhbatlashib, loyihadagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha suhbatlashdi. Xususan, tashrif davomida “Sharg‘unko‘mir” AJning loyiha kuvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko‘mir qazib chiqarishga yetkazgan holda uni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirilishi bo‘yicha bir qator muammolar o‘z yechimini topdi. Jumladan:
- “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga yer osti tog‘-kon uskunalarini o‘rnatish va ishga tushirish uchun zaruriy ishonchli elektr energiyasi quvvati bilan taʼminlash maqsadida 35/6 kv li Nimstansiya va zaxira havo uzatish liniyasi qurilishini yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi;
- “Sharg‘unko‘mir” AJ ni modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi ishga tushgandan so‘ng kamida bir yil muddatda ekspluatatsiya qilish uchun mutaxassislardan iborat maxsus otryadni “Sharg‘unko‘mir” AJ malakali mutaxassislari bazasida xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tuzish topshirig‘i berildi.
Respublika ishchi guruhi tomonidan ko‘tarilgan shu kabi boshqa muammolar bo‘yicha amaliy ko‘mak berilishi alohida taʼkidlandi.
Qayd etish joizki, bugungi kunda 35/6 kv li Nimstansiya qurish bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tashkil etilgan tender natijalariga ko‘ra “LUKSOMER” MCHJ pudratchi tashkilot etib belgilandi va tegishli shartnomalar tuzildi. Moliyalashtirish masalalari ijobiy hal etildi. Nimstansiya qurilishi 2022 yil yakuniga qadar yakunlanadi. Shuningdek, 110/6 kv li “Olchazor-2” nimstansiyasini qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng Xitoy davlatining “CRTG” va “CCTEG” konsorsium kompaniyalari tomonidan yer osti kon lahmlariga uskunalarni o‘rnatish ishlari boshlanadi. Uskunalarni o‘rnatish ishlari uch oy muddatda amalga oshiriladi. O‘rnatish ishlari yakunlangandan so‘ng uskunalar yuklamasiz ishga tushirib ko‘riladi. So‘ngra dastlabki sinov, yuklama bilan va to‘la quvvatga yetkazgan holda ishlatiladi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI