“O‘zbekiston temir yo‘llari AJ Olimpiya va Paralimpiya sportchilarini qo‘llab quvvatlamoqda

“O‘zbekiston temir yo‘llari AJ ”Parijdagi xalqaro olimpiadada Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash uchun moliyaviy yordam ajratdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting joriy yilning 14 fevraldagi № PQ-127 sonli “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini taʼminlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan sportchilarga tayyorgarlik jarayonida qulaylik yaratish, qo‘llab quvvatlash maqsadida moliyaviy yordam ajratildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga o‘sib borayotgan avlodni sport turlariga qiziqtirish yoshlarning mahoratlarini oshirish maqsadida, qulaylik va shart-sharoitlar yaratmoqda. 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarga zaruriy sharoitlarni yaratish va ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida, jamiyatning boshqaruv yig‘ilishlarida ichki qarorga muvofiq homiylik mablag‘lari bosqichma bosqich o‘tkazib berildi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi beshta medal — uchta oltin va ikkita bronza bilan tugatib, bahslarda 32-o‘rinni egallagandi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI