"O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER" AJ o‘rta koridor orqali Yevropaga birinchi konteyner poyezdini yubordi!

16 dekabr kuni "OKMK" AJ yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborildi. Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20-futlik konteynerdan tashkil topgan. Konteyner poyezdi "O‘zbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/ Yevropa" yo‘nalishi bo‘ylab 4000 km dan ortiq masofani bosib o‘tadi.

Ushbu poyezd xorijiy hamkorlar Turkmanistondan - "TLST" OAJ, Ozarbayjondan - ADY Container LLC va Gruziyadan - GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.

"O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER" AJ



0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI