Tarqalgan video xabarga izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani Zarkent qishlog‘i yozuvchilar uyushmasi ijod uyi oldida yangi qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichni, temir beton balkaning og‘irligi 30,6 tonna bo‘lgan . Ikkita kran yordamida montaj qilish vaqtida  avtokranining yuz bergan  baxtsiz hodisa haqida video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib kelmoqda.

Avtokran bilan  yuz bergan  baxtsiz hodisaning asosiy omillaridan biri yukni bir nechta kranlar bilan ko‘tarish (спаренная перемещенние груза) asosida  amalga oshirilmaganligi sababli ro‘y bergan.
Avtokranining og‘ib ketishi oqibatida avtokran mashinisti tan jarohatlar olganligi sababli “Ko‘prikqurilish tresti” UK qarashli  “13-Ko‘prikqurilish otryadi” xodimlari tomonidan zudlik bilan Parkent tumani shifoxonasiga yotqizilgan.Og‘ir jarohatlar olganligi sababli avtokranning mashinisti shifoxonada vafot etgan.

Taʼkidlash joizki, “Ko‘prikqurilish tresti” UK qarashli “13-Ko‘prikqurilish otryadi” “QYL-YO‘L KO‘PRIK QURILISH TAʼMIR” MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Ushbu hujjatda buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini kunlik tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishi va mehnat muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish lozim bo‘lgan band alohida ko‘rsatib o‘tilgan . “QYL-YO‘L KO‘PRIK QURILISH TAʼMIR” MCHJ tomonidan shartnoma bandlariga rioya qilmaganligi,  yaʼni muntazam ravishda xavfsizlik choralarini ko‘rmaganligi sababli ushbu  baxtsiz hodisa ro‘y bergan.

Maʼlum qilamizki ikkita kran bilan bir vaqtning o‘zida yukni ko‘tarish va ko‘chirishga faqat quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina ruxsat beriladi:

ikkala kranning mutlaq xizmat ko‘rsatish qobiliyati va tormozlarning bir vaqtning o‘zida ishlashi;
kranlar mexanizmlari va har bir kranga tushadigan yuklarning tezligining, yuk ko‘tarish qobiliyati mutanosibligi;
Agar yuk travers yordamida ko‘tarilsa, u holda uning tashish qobiliyati ko‘tarilayotgan yukning massasiga mos kelishi kerak.
Kranlar teng ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lganda, travers teng qulochli bo‘lishi kerak, yaʼni. yuk ilgagi uning o‘rtasida bo‘lishi kerak.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa Toshkent viloyati mehnat inspeksiyasi, mutaxassislari tomonidan maxsus tekshirish o‘tkaziladi va ularning xulosalari huquq targ‘ibot organlariga taqdim etiladi.

Axborot-tahliliy  media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI