«Qamchiq» dovonidan maxsus poyezdda 1049 kishi Farg‘ona vodiysiga yetkazildi

Kuni kecha A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi 

Tezkor harakat xizmatlari va ularning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatini yo‘lovchilarni Toshkent viloyatidan Farg‘ona vodiysiga yetkazish uchun maxsus poyezd tashkil etildi.

Poyezd yo‘lovchilarni «Ohangaron», «Angren» va “Orzu” vokzallaridan olib, so‘ngra dovon orqali Namangan viloyatidagi “Pop” temir yo‘l vokzaliga qadar yo‘lovchilarni olib bordi.

Mazkur vaziyatda tezkor tashkil etilgan harakatlar natijasida jami 1049 kishi bepul tarzda «Ohangaron» – “Pop” yo‘nalishida yetkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha (kecha soat 23:30 dan boshlab), «Qamchiq» dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI