Innovatsion loyihalar vazir nigohida

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi Qarshi temir yo‘l taʼmirlash korxonasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati miqyosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi AKT va AX bo‘limi xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu taqdimot vazirga yuqori taʼsirot qoldirib "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyatida yosh dasturchi xodimlar tomonidan bosqichma bosqich sohani raqamlashtirish uchun amalga oshirayotgan innovatsion loyihalari eʼtirof etilib ushbu loyihalarni boshqa sohalarda ham amalga tadbiq etish borasida takliflar berildi.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI