Qoraqalpog‘istonda temir yo‘l yo‘l o‘tkazgichida ikkita oraliq balka qulab tushgan holatiga izoh

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi Gʻuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu (A-380) avtomobil yo‘lining 717-718-km oralig‘ida yangi temir yo‘l yo‘l o‘tkazgichini qurish davrida ikkita oraliq balka hozircha noma’lum sabablarga ko‘ra tushib ketgan.

Ushbu noxush holatdan hech kim jabr ko‘rmagan. Bugungi kunda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida tegishli mutaxassislar va maxsus laboratoriya xodimlari safarbar qilingan.

Taqdim etilgan qisqa videodan ko'rinib turibdiki, ushbu sun'iy inshootning qurilish-montaj ishlari tugallanmagan, keyingi bosqichda yo'l o'tkazgich temir yo'l bilan ulash, temir yo'lning yuqori tuzilishi, relslar va shpallar yotqizilishi kerak. Balkalarning qulashi natijasida ob’ekt strukturasining boshqa tuzilmalari va qurilish uskunalari shikastlanmadi.

Ushbu yo'l o'tkazgichni Amudaryo ustidan qurilayotgan qo'shma ko'prik bilan adashtirmaslik kerak. Mazkur yo'l o'tkazgich Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga olib boruvchi yangi qurilayotgan Shavat – Qorauzak temir yo'l liniyasining bir qismidir.


Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI