INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2023: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xalqaro hamkorlikni kengaytirishda faol ishtirok etmoqda
24-26 aprel kunlari Toshkent shahrida «UzEXPO» Milliy ko‘rgazmalar markazida «INNOPROM Markaziy Osiyo – 2023» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda . Ko‘rgazma maydoniga 240 ga yaqin ishtirokchilar qatnashib, ular qatorida Markaziy Osiyo mintaqasining barcha davlatlarining hokimiyatlari, korxonalari va birlashmalarning mutaxassis va rahbarlari qatnashib kelmoqda.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X. Xasilov boshchiligida bir qator ishtirokchilar va mehmonlar bilan muzokaralar olib borib, unda istiqbolli, investitsiya loyihalari va faol hamkorlikning boshqa masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Dubayda joylashgan Inspesta International kompaniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga qiziqish bildirdi. Muzokaralar chog‘ida mazkur korxonaning taʼmirlash loyihasi rahbari M.Shavareb Kompaniyaning yo‘l xo’jaligini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihasini taklif qildi.
Shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X. Xasilov «Transmashxolding» AJ bosh direktori K. Lipa bilan muzokaralar olib bordi. Muhokama jarayonida «Transmashxolding» AJ tomonidan "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berildi. Rossiya mutaxassislari bilan harakatlanuvchi tarkibni sotib olish va modernizatsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish loyihasi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, ushbu tadbir doirasida yo‘l, ko‘prik to‘siqlari va yoritish tayanchlarini ishlab chiqaruvchi Ryazan kompaniyasi «Tochinvest» AJ bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mazkur kompaniya "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ bilan o‘zaro hamkorlik va qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Shu bilan birga, X. Xasilov va «Uralvagonzavod-Trans» AJ bosh direktori A. Abakumov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ural servis kompaniyasidan "O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ temir yo‘l parkini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun butlovchi qismlar yetkazib berish taklifi kelib tushdi.
Ta’kidlash joizki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bilan o'zaro hamkorlikka bir qator kompaniyalar, xususan,"RM Reyl" (Rossiyada yuk harakatlanuvchi tarkibini ishlab chiqaruvchi), "KVAZAR" MCHJ tashkiloti (innovatsion ishlanmani taqdim etuvchi – apparat-dasturiy kompleksi "elektron tibbiy ko'riklar tizimi"). "TMZ" OAJ V. V. Vorovskiy (maxsus oʻziyurar harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi), "RAM end Koil" MCHJ (kompaniya elektr motorining bo'limlari va o'rashlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi) va Franko-Rossiya savdo-sanoat palatasi (CCI France Russie) va boshqa korxonalar qiziqish bildirdilar.
Har yili o‘tkazib kelinayotgan «INNOPROM» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi mintaqada hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, mavjud ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va yangilarini rivojlantirish, mamlakatlar va kompaniyalar o‘rtasida rivojlanishning tegishli yo‘nalishlarini ochishga qaratilgan muhim savdo-sanoat ko‘rgazmasi hisoblanadi.
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI