"Yosh qutqaruvchilar" bellashdi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubini tuzish va faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi N-389-sonli buyrug‘i asosida temir yo‘l transporti tasarrufidagi o‘quv muassasalari o‘rtasida "Yosh qutqaruvchi" musobaqasi o‘tkazildi. Unda Toshkent temir yo‘l texnikumining "Temiryo‘lchi", Samarqand temir yo‘l texnikumining "Lochinlar", Qo‘qon temir yo‘l texnikumining "Yosh temiryo‘lchi" jamoalari bellashdi.

— Temir yoʻl transporti tarmogʻi tizimida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasini turli tabiiy ofatlar yuz berganda aholining, ayniqsa yoshlarning oʻzini oʻzi himoya qilishi va boshqalarga koʻmak berish tizimini shakllantirish, shuningdek yoshlarning bu boradagi tayyorgarligini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi, — dedi Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yoʻl mintaqaviy tashkiloti raisi D.A.Karimova. 

Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yoʻl mintaqaviy tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yosh qutqaruvchi" musobaqasida 5 ta shart boʻyicha bellashgan Samarqand temir yoʻl texnikumining "Lochinlar" jamoasi 1-oʻrinni, Toshkent temir yoʻl texnikumining "Temiryoʻlchi" jamoasi 2-oʻrinni, Qoʻqon temir yoʻl texnikumining "Yosh temiryoʻlchi" jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-taxliliy markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI