Temir yo‘l korxonalarida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida

Hamshiralar kuni munosib nishonlandi

Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida bayram tadbirlari va turli tanlovlar bo‘lib o‘tdi. Unda uzoq yillar samarali ishlab kelayotgan tajribali va ishda namuna ko‘rsatgan hamshira hamda o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlariga bayram sovg‘alari topshirildi.

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qashqadaryo temir yo‘l taʼmirlash korxonasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.Rajabov ishtirokida korxona yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda korxona yoshlar yetakchisi tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan bo‘lib o‘tadigan barcha tanlovlar eʼlon qilinib, shartlari tushuntirib berildi va korxona rahbari tomonidan yoshlarga kerakli bilim va ko‘nikmalar berildi.

“Eng faol yosh mutaxassis-2023” tanlovi bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilovning 2022 yil 10 may kunidagi “Eng faol yosh mutaxassis-2023” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 400-N sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida korxonada 35 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar o‘rtasida tanlovning “Lokomotivlardan foydalanish yo‘nalishi” bo‘yicha saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovda jami o‘n beshdan ortiq lokomotiv brigadalari va harakatli tarkibni taʼmirlash chilangarlari ishtirok etdi. Tanlovning saralash bosqichi g‘oliblari korxona rahbariyati va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sport musobaqasi tashkil etildi

“1-son Energomontaj poyezdi” unitar korxonasida sportning tosh ko‘tarish, 100 metrga yugurish, mini-futbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilindi. Shuningdek, poytaxtimizning muhtasham saroylaridan birida korxona ishchi-xodimlariga bayram dasturxoni tayyorlanib, bellashuvlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Xavfsiz hudud” loyihasi doirasida

“Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi rahbari tomonidan tasdiqlangan dasturning tegishli bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyati Yo‘l patrul xizmati xodimlari hamda Buxoro temir yo‘l masofasining Yoshlar ittifoqi yetakchisi hamkorligida “Xavfsiz hudud” loyihasi doirasida 3984-kilometr PK-6da joylashgan qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasida profilaktik reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd davomida transport vositalari haydovchilariga temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalari tushuntirildi va ogohlikka chaqirildi.

Oila – jamiyat tayanchi

“Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Termiz” stansiyasining majlislar zalida “Oila – jamiyat tayanchi” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda Termiz davlat universitetining “Fuqarolik jamiyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Davlatova oilaning jamiyatdagi o‘rni haqida maʼruza qildi. Tadbirga temiryo‘lchilarning namunali oilalari, uzoq yillar ahil-inoq turmush qurgan oilalar vakillari taklif etilib, ularning hayotiy tajribalari bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi va yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI