Temir yo‘l korxonalarida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida

Qarshi – Nishon temir yo‘l uchastkasi yo’l nuqsonlarini aniqlash vagonida kuzatuvlar haqida

2023-yil 6-iyun kuni "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" UK boshlig'i tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi  tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosini hamda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Qarshi – Nishon temir yo‘l uchastkasi yo’l nuqsonlarini aniqlash vagonida kuzatib o‘tildi.

"Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli" UK tarkibidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining 2023-yil 17-apreldagi 319-N-sonli buyrug‘iga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan bugungi kunga qadar Qo‘ng‘irot, Qarshi, Termiz, Buxoro, Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzellari hamda mazkur uzellar tarkibidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xotin qizlar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi.

Toshkentda Xitoyning "Taitong International Transport Co., Ltd" kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 29 may kuni Toshkentda Xitoyning "Taitong International Transport Co., Ltd" kompaniyasi bosh direktori Chu Xuan bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda "Xitoy-Qirg‘izston-O‘zbekiston" multimodal marshruti orqali konteyner tashuvlari hajmini oshirish, tashish narxlarini optimallashtirish hamda tashish muddatini qisqartirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tashishlarni tashkil etish sohasidagi “Eng faol yosh mutaxassis”lar aniqlandi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi X.N.Xasilovning 2023 yil 10 maydagi "Eng faol yosh mutaxassis-2023" tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi" N-400-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida, Tashishlarni tashkil etish sohasi bo‘yicha joylarda o‘tkazilgan saralash bosqichi g‘oliblari o‘rtasida tanlovning yakuniy bosqichi yakunlandi.

Andijon - yangi koridor, yangi imkoniyatlar

 Joriy yilning 30 may kuni "PSA International" kompaniyasi vitse-prezidenti Alfred Sim va "Taitong International Transport Co., Ltd" kompaniyasi bosh direktori Chu Xuan Andijondagi Axtachi logistika markaziga tashrif buyurdilar. Singapurlik mehmon Farg‘ona vodiysi, xususan Andijonda transport-logistika infrazulmasini rivojlantirish hamda Axtachi logistika markazini logistik xabga aylantirish muhim ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

Naushaxar – Boldir uchastkasidagi stansiyalarda  ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi

Joriy yilning 6 iyun kuni “Termiz MTU” UK bosh muhandisi M.J.Kenjayev boshchiligidagi ishchi guruhi Naushaxar – Boldir uchastkasidagi stansiyalar va okolotkalarda ob-havo haroratining ko‘tarilgan vaqtlarida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va zarur infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI