Temir yo‘l korxonalarida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida
Shu munosabat bilan Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2001 yilda tashkil qilingan mazkur "Salomatlik poyezdi" bugun o‘zining elliginchi yubiley qatnovini amalga oshirayotgan bo‘lib, unda 20 nafar "O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati va "Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli bir qancha tibbiyot muassasalaridan oliy toifali shifokorlar safarga otlandi.
Mazkur poyezdda xizmat safariga yo‘l olgan respublikamizning yuqori bilim va malakaga ega shifokorlar guruhi tomonidan joriy yilning 12 iyunidan 20 iyunigacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shaharlarida tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.
"Salomatlik poyezdi" zamonaviy diagnostika asbob-uskunalari bilan to‘liq jihozlangan.
Lokomotivlarni ekspluatasiya qilish sohasidagi eng faol yosh mutaxassislar aniqlandi
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilovning 2022 yil 10 maydagi “Eng faol yosh mutaxassis-2023" tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 400-n-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘tkazilgan saralash boskichining 20 nafar g‘olibi o‘rtasida tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
"Eng faol yosh mutaxassis" tanlovi ikki bosqichda Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi va "O‘zbekiston" lokomotiv deposida o‘tkazildi. Mashinist va mashinist yordamchilari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda 1-o‘rinni "O‘zbekiston" lokomotiv deposi 3-darajali teplovoz mashinisti Ahror Ibrohimov, 2-o‘rinni "Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi tasarrufidagi "Termiz" lokomotiv deposi mashinist murabbiyi Bahrom Mirzayev, 3-o‘rinni "Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasining "Qo‘ng‘irot" lokomotiv deposi 2-darajali teplovoz mashinisti Oljas Kurbashov qo‘lga kiritdi.
Yakunlangan va bajarilayotgan loyihalar natijadorligi o‘rganildi
Innovasion rivojlanish agentligining tarmok korxonalarida innovasion ekotizimni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi tasarrufidagi “Qarshi” vagon deposi va Innovasion markazi tomonidan yakunlangan va bajarilayotgan loyihalar holati hamda erishilgan natijalar o‘rganildi va mavjud muammolar bo‘yicha ma’sul mutaxassislar ishtirokida muhokamalar o‘tkazildi.
Yo‘lsozlar uchun seminar-trening tashkil qilindi
"Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi tasarrufidagi Innovasion markazida seminar-trening tashkil qilindi.
Unda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi barcha temir yo‘l masofalari bosh muhandislari va axborot texnologiyalari mutaxassislari yo‘l xo‘jaligi tizimiga kiritilgan yangiliklar hamda ishlab chikarishda tatbiq etilgan innovasion axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi va o‘rganishdi.
Seminar-trening ishtirokchilariga Qarshi temir yul ta’mirlash korxonasida tashkil etilgan zamonaviy innovasion navbatchilik
xonasi tanishtirildi.
Ish sharoitining sanitar-gigiyenik holati o‘rganildi
Sog‘liqni saqlash xizmati tasarrufidagi Samarqand tarmoq SES tomonidan Samarkand temir yo‘l masofasi korxonasining tibbiy-sanitar holati o‘rganildi.
Xususan, ishchi-xodimlarning ish joylaridagi sanitar-gigiyenik holatining talabga javob berishi, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, tiye obobiy punkt dori-darmon vositalari ta’minoti va ishlatilishi, yaroqlilik muddati, shuningdek, me’yoriy xujjatlarning yuritilishi tekshirildi.
Bosh shifokor N.Xayitov ishtirokida ishchilar o‘rtasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va issiq ob-havoning salbiy ta’sirini oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazildi.
Tekshiruvlar natijasida aniklangan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yoshlar faoliyati monitoring qilindi
"Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli" unitar korxonasi boshlig‘ining 2023 yil 28 aprelda tasdiqlangan “Uzel miqyosida yoshlar yetakchilarining faoliyatini monitoring qilish to‘g‘risida"gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida uzel tasarrufidagi Navoiy va Samarqand hududida joylashgan korxonalarning yoshlar yetakchilari faoliyati monitoring qilindi.
Monitoring yakunida tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilib, yoshlar yetakchilari faoliyati bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI