Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim. * Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.
Toshkent shahridagi “Lokomotiv” bog‘ida 30 iyun — O‘zbekistonda Yoshlar kuni munosabati bilan “Temiryo‘lchi yoshlar forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbarlari, tegishli korxona-tashkilotlar, boshqarma xodimlari hamda tizimida faoliyat yuritayotgan faol temiryo‘lchi yoshlar, yoshlar yetakchilari, davlat va keng jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasaruffidagi barcha korxona, tashkilot va mussasalarda 30 000 dan ortiq yoshlarni o‘z atrofiga birlashtirgan 370 nafar Yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda. Ayni kungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq bajarib kelinmoqda. Ana shunday vazifalardan biri tizimdagi yoshlarni birlashtirish va faolligini oshirish hamda 30 iyun sanasi — “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Temiryo‘lchi yoshlar forumi” doirasida joylarda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning talantini rivojlantirish uchun «Megatalant» shou tanlovi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘zaro do‘stona muhitni rivojlantirish uchun “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi hamda poyezdlar harakati bilan bog‘liq mutaxassisliklar o‘rtasida “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovlari tashkil etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida samarali faoliyat yuritayotgan istiqbolli yosh kadrlarni tanlash hamda yosh rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida poyezdlar harakati bilan bog‘liq mutaxassisliklar o‘rtasida “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovini o‘tkazildi. 35 yoshgacha bo‘lgan temiryo‘lchilar o‘rtasida o‘tkazilgan 7 Ta sohani qamrab olgan tanlov — tashishlarni tashkil etish, yuk tashish, yo‘l xo‘jaligi, lokomotivlardan foydalanish, vagon xo‘jaligi, aloqa va signallashtirish, elektr taʼminoti sohalari bo‘yicha o‘tkazilib, “Temiryo‘lchi yoshlar forumi”da 1-o‘rin sohiblari Jamiyat rahbariyatining Faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, forum davomida “Innovatsion g‘oyalar” va “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” tanlovining yakuniy bosqichi g‘oliblari ham taqdirlandi. Tadbirda ishtirok etgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Personalni boshqarish va kadrlarni taye’rlash boshqarmasi boshlig‘i D.A.Sabirov, yoshlarni bayram bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati nomidan tabriklab, jumladan shunday dedi: “Bugungi kungacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq bajarib kelinmoqda. Eng muhimi, yoshlar bilan doimiy muloqot olib borish, ularning bandligini taʼminlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, jamiyatning munosib aʼzolariga aylanishi, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi barchamizning diqqat markazimizda. Temir yo‘l tarmog‘ini yana-da rivojlantirishda, o‘z oldimizga qo‘ygan ko‘p qirrali va murakkab vazifalarni amalga oshirishda biz zamonaviy fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, g‘ayrat-shijoatli, intellektual salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish yurtimizda olib borilayotgan davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘lda ulkan ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi maʼlum, albatta”.
Tadbir doirasida “Eng faol yosh mutaxassis”, “Yil yetakchisi”, “Men — liderman!” kabi tanlovlarning tashkil etilgani fikrimizni yaqqol tasdiqlab turibdi. Barchangizga maʼlum, har qanday sohaning rivoji malakali kadrlar va zamonaviy texnologiyalarning amaliyotga joriy qilinishiga bog‘liq. Shu bois, mana bir necha yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “Innovatsion g‘oyalar” tanlovi nafaqat g‘oliblari, balki har bir ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan Innovatsion g‘oyalarni o‘rganib chiqish, ularni amaliyotga joriy qilish uchun kerak bo‘lsa soha mutaxassislari ham jalb qilinib, takomillashtirish vazifasini oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Albatta bu borada sizlarning yordamingiz, takliflaringiz biz uchun juda muhim, deb alohida taʼkidlab o‘tdi.
30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan faol yoshlar, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan esa faol yosh volontyorlar rag‘batlantirildi.
Yetakchilar Kengashining ijtimoiy tarmoqdagi "Temiryulchi Yoshlar" rasmiy telegramm kanalida 30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Men — liderman!” onlayn tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi ham “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
30 iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan bir guruh yoshlar yetakchilar Kengashi raislari tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Shuningdek, forumda joylarda o‘tkazilgan «Megatalant» shou-tanlovi g‘oliblarining chiqishlari, iqtidorli temiryo‘lchi yoshlar jamoalari tomonidan QVZ jamoalarining chiqishlari, bayram konsert dasturlari ham namoyish etildi. «Megatalant», «QVZ» tanlovining yakuniy Respublika bosqichi g‘oliblari ham temir yo‘l tizimi rahbariyatining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ
Axborot-taxliliy markazi
Читайте также
0
0
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI