Xitoydan O'zbekistonga yangi multimodal yo'nalish bo'yicha konteyner poyezdi jo'natildi

Bugun, 2023-yil 4-iyul kuni, Langfan – Qashqar – Irkeshtam – Osh – Toshkent  yangi multimodal yo'nalishida konteynerli blok-poyezdini jo'natish marosimi bo'lib o'tdi. Langfandan (Xitoy) harakatlanuvchi birinchi poyezd (tarkibida qurilish materiallari bo‘lgan 40ta vagon) safarga chiqdi.

Butun yo'lning masofasi taxminan 6000 kilometrni tashkil etadi va yukning umumiy og'irligi 1000 tonnadan oshadi. Safar vaqti taxminan 12 kunni tashkil etadi. Qayd etish lozimki, hozirgi vaqtda ushbu yo'nalish (quruqlikdagi) Xitoydan O'zbekistonga yuklarni yetkazib berish uchun eng qisqa va eng tezkor yo'nalish hisoblanadi.

Yangi multimodal yo'lak bo'ylab tashish jarayoni jo'nash punktidan temir yo'l orqali Qashqar (Xitoy) temir yo‘l stansiyasigacha amalga oshiriladi. Keyin esa, yuklar avtotransportga ortilib Osh (Qirg'iziston) temir yo'l stantsiyasiga etkaziladi. Osh stansiyasidan esa Toshkentgacha yuklar temir yo'l orqali yuk poyezdi tarkibida yetkaziladi.


Axborot-tahlil media markazi
"O' zbekiston temir yo 'llari"AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI