Oromgohlarda sog‘lom turmush tarzi tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan bolalar sog‘lomlashtirish  oromgohlarida dam olayotgan bolajonlar uchun “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusi doirasida  muntazam tadbir va sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi “Yangi avlod” oromgohida tashkil etildi.

“Mehr-Shafqat” bo‘limi boshlig‘i N.Xasanov tomonidan oromgohda dam olayotgan bolalar uchun savol-javob va qiziqarli o‘yin tarzida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etgan temiryo‘lchilarning farzandlari o‘zlari uchun qiziqarli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

 — Bugungi tadbir men uchun har doimgidan ko‘ra qiziqarliroq bo‘ldi, — deydi Shavkiboyev Firdavs — Biz o‘zimiz bilamiz deb o‘ylagan oddiy savollarga tashkilotchilarning bergan maʼlumotlari bizga manzur bo‘ldi. Masalan, oddiy qo‘llarimizni qanday to‘g‘ri yuvish kerakligi, xashorat chaqqanda birinchi bo‘lib nima qilish kerakligi, yiqilgan tengdoshlarimiz yoki o‘z-o‘zimizga yordam ko‘rsatish kabi savollarga to‘liq va to‘g‘ri javob oldik.

Tadbir davomida bolalar uchun sport musobaqalari ham tashkil etildi. Musobaqada bolalar guruhlarga  bo‘linib ishtirok etishdi.

Tadbir so‘nggida 200 nafar oromgohda dam olayotgan bolajonlar O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan sovg‘alar tarqatildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI