Mahalliylashtirishni kengaytirish uchun imkoniyatlar o’rganilmoqda

“О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi sanoat korxonalari respublikamiz iqtisodiyotida muhim о‘rin tutadi.  “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ boshqaruvi raisi v.b. Z.Narzullayev poytaxtimizda joylashgan yirik sanoat korxonalari – “Toshkent yо‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati, “О‘ztemiryо‘lmashta’mir” unitar korxonasi hamda “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurdi.  

Boshqaruv raisi “Toshkent yо‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati hamda “О‘ztemiryо‘lmashta’mir” unitar korxonasi rahbariyati va zavod mutasaddi xodimlari ishtirokida zavod hududi, bino va inshootlari hamda sexlar va undagi ishlab chiqarish jarayonlari kо‘zdan kechirdi. 

Ishlab chiqarishi hajmini oshirish va sifat nazoratini kuchaytirish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini mustahkamlash, ishchi-xodimlarga qulay ish sharoitlari yaratish, harakat  xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlash kabi dolzarb masalalar yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.

“Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatiga tashrif chog’ida  yaqinda rekonstruksiya qilinib, foylanishga topshirilgan zavodning bosh binosi, muzey faoliyati hamda ishchi-xodimlar uchun barpo etilgan dam olish bog‘i bilan yaqindan tanishildi. 

Shuningdek, Z.Narzullayev barcha sanoat korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish uchun texnika va resurslardan maksimal foydalangan holda ishlarni tashkil etish, ichki imkoniyatlarga tayanish va ularni samarali ishga solish zarurligini aytib о‘tdi.  

Boshqaruv raisi zavod rahbarlariga sexlarni zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlash, ishlab chiqarish va chuqur mahalliylashtirishga yetarli e’tibor berish, import о‘rnini bosuvchi yangi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarishni о‘zlashtirish bо‘yicha alohida tavsiya va kо‘rsatmalar berdi. 

Mahalliylashtirish, eksport kо‘rsatkichlarini yaxshilash, investitsiya loyihalarini belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash bо‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI