Tadbirkorlar bilan faol ish olib borilmoqda

Ma’lumki, "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlar bilan faol ish olib bormoqda. Kuni kecha Jamiyatning ishchi guruhi tadbirkorlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish va ishlab chiqarish maydonchalariga tashrif buyurish maqsadida Samarqand viloyatiga yo‘l oldi.
 
Xususan, marketing va logistika boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi U.Ibragimov va iqtisodiy tahlil va prognozlash boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi U.Kilichchev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatining Toyloq tumanida joylashgan o‘simlik yog‘i ishlab chiqaruvchi "Pet AGRO OIL" MCHJ qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Ushbu korxonaning maydoni 2 gektarni tashkil etadi, shundan 9 ming 500 kvadrat metrida bino va inshootlar joylashgan. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 65 ming tonnani tashkil etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston va Afg‘onistonga jo‘natiladi.
 
Uchrashuvda muhokama qilingan asosiy masalalardan biri bu  reeksport mahsulotlarini tashish shartlarini muhokama qilish bo‘ldi. Jamiyat mutaxassislari tadbirkorlarga temir yo‘l transporti sohasidagi mavjud hamkorlik va uning istiqbollarini tushuntirdilar. Bu mahsulotlarni yanada samarali va ishonchli tashishni ta’minlash uchun jamiyat va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
 
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ vakillari tadbirkorlarni, shu jumladan, logistika masalalarida hamkorlik qilish va qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Bunday ishlab chiqarish maydonchalariga tashriflarda qatnashish jamiyatga temir yo‘l transporti sohasidagi tadbirkorlarning ehtiyojlari va muammolarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
 
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tadbirkorlar bilan faol ishlashni davom ettirmoqda va biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intilmoqda. Temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlarning bozordagi mavqeini mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi.


"O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI