Ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, muhim vazifalar belgilab berildi

Ulkan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, muhim vazifalar belgilab berildi 

“О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Narzullayev Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan bog‘lovchi, Amudaryo ustidan о‘tuvchi uzunligi 413 metr bо‘lgan temir yо‘l va avtomobil yо‘li qо‘shma kо‘prigi, shuningdek, Qoraо‘zak tumanidan Amudaryo hamda Gurlan tumanlari orqali Shovot tumanigacha bо‘lgan 80,2 kilometrli “Shovot – Qoraо‘zak” yangi temir yо‘l liniyasi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Katta qurilish ishlari bajarilayotgan hududda  ishlayotgan quruvchi-muhandislar bilan suhbatlashib, muhim strategik ahamiyatga ega bо‘lgan mazkur loyihani belgilangan muddatda foydalanishga topshirish uchun ish sur’atini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi. Bu borada tegishli ko’rsatmalar berilib, mavjud muammolar yechimi bo’yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarimida boshqaruv raisining Urganch vokzalida “Qо‘ng‘irot mintaqaviy temir yо‘l uzeli” unitar korxonasi Xorazm filiali temir yо‘l korxonalari rahbarlari va mutaxassislari bilan uchrashuvi bо‘lib о‘tdi. Yig’ilishda har bir korxona rahbarlariga ish samaradorligini oshirish bо‘yicha muhim topshiriq va vazifalar berildi. 

Tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz hayotidagi muhim sana Temir yо‘l transporti xodimlari kuni bilan tabriklab, mamlakatimiz va temir yо‘l sohasi rivoji yо‘lida hamjihatlik va sadoqat bilan faoliyat olib borish har bir temiryо‘lchining bosh maqsadi bо‘lishi lozimligini ta’kidladi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI