Kasb bayrami oldidan hayriya tadbiri

Ayni kunlarda temiryo‘lchilar o‘zlarining kasb bayramini nishonlash arafasida. Barcha korxonalarda bayramga tayyorgarlik alllaqachon boshlanib ketgan. Temir yo‘l transporti sohasida kasb bayrami arafasida qator hayrli tadbirlar ham amalga oshirish anʼanaga aylangan.

Ana shunday HAYRIYA tadbirlardan biri “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining tashabbusi bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti qaramog‘idagi 375 nafar ko‘p yillar temir yo‘l transportida ishlab nafaqaga chiqqan yakka-yolg‘iz nafaqadagi temiryo‘lchilar va ehtiyojmandlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, ularning xolidan xabar olish va kasb bayramlari bilan temir yo‘l transporti rahbariyati nomidan tabriklash rejalashtirilgan edi.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining 11 Ta Toshkent, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganch, Xovos, Xo‘jayli, Qarshi, Qo‘ng‘irot, Qo‘qon bo‘linmalarida faoliyat yuritayotgan “Mehr-shafqat” hamshiralari tomonidan oziq-ovqat to‘plamlari qabul qilinib, belgilangan manzillarga yetkazib berildi.

 Toshkent shahar hududida istiqomat qiladigan 125 nafar temiryo‘lchilarning xonadoniga ham Temiryo‘lchi volontyorlar bilan tashrif buyurildi va oziq-ovqat to‘plamlari yetkazib berildi.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkilotining “Mehr-shafqat” xizmati qaramog‘idagi ehtiyojmandlari bayram bahona ko‘rsatilgan eʼtibordan ko‘ngillari yana-da shod bo‘lganini izhor qilishib, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI