Ekspeditorlik kompaniyalari bilan hamkorlik va dolzarb masalalar muhokama qilindi
Bugun, 2023-yil 3-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati hamda mahalliy va xalqaro ekspeditorlik kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari v.b. X.Rahmetov va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. A.Komiljonov rahbarligida O‘zbekiston xalqaro ekspeditorlar uyushmasi raisi X.Matchanov boshchiligidagi ekspeditorlik kompaniyalari bilan boʻlib oʻtdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati va ekspeditorlik kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy va xalqaro kompaniyalar o‘z faoliyati davomida duch keladigan dolzarb masalalar va dolzarb muammolar muhokamaning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Xususiy sektor vakillari hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. O‘z navbatida, X.Rahmetov ekspeditorlar bilan yaqin hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi. Ekspeditorlik kompaniyalari bilan birgalikda ish olib borish va hamkorlik qilish tadbirkorlar uchun ham, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati uchun ham muvaffaqiyatli faoliyatning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi, xususan, vagonlar bilan ta’minlash jarayonini takomillashtirish, mahalliy va xalqaro tashuvlarni optimallashtirish, tashish tariflarini ko‘rib chiqishga qaror qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati mintaqada temir yo‘l infratuzilmasi va transport xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ekspeditorlik kompaniyalari bilan yanada konstruktiv va samarali hamkorlik qilish va davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Muzokaralar natijasida tomonlar eng yaqin hamkorlikka erishish maqsadida bunday uchrashuvlarni har oyda o‘tkazishga kelishib oldilar.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI