"TYVQTZ" AJ: Qozog‘istonlik buyurtmachilariga maxsus vagon qurildi va topshirildi

Bugun, 2023-yil 22-sentabr kuni "Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJda imko’niyati cheklangan yo’lovchilarni  tashish joylari  mavjud shtab yo'lovchi vagonini qozog’istonlik buyurtmachilariga topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

"Aray trans KZ" MCHJ uchun barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va Yevroosiyo muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lgan 61-931 modeldagi imkoniyati cheklangan yo’lovchilarni tashish joylari bo'lgan shtab yo'lovchi vagonini qurish uchun buyurtma bajarildi. E’tiborlisi,ushbu vagon tashqi harorat -50/+50 darajada xizmat  ko’rsatadi va xizmat ko’rsatish muddati 28 yilni tashkil etadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, yo'lovchi vagonining tashqi tomoni odatdagidan farq qilmaydi, ammo bunday vagonlarda ishlamaydigan tambur tomonida maxsus platforma-ko'targichlar mavjud bo’lib  imkoniyati cheklangan yo’lovchilar  aravachasida ushbu qurilma yordamida vagonni ichiga kirishiga  mumkin.

Vagon saloni ikki qismga bo'linadi. Bir tarafida oddiy fuqarolar uchun mo'ljallangan standart kupe bo'limlar mavjud bo’lib ikkinchisi  qismida esa imkoniyati cheklangan yo’lovchilar uchun maxsus joylar  ajratilgan. Ushbu qisimda moslashtirilgan qo'shimcha hojatxona mavjud bo’lib  aravachada harakatlanganda qiyinchilik tug'dirmaslik uchun eshiklar ham kengaytirildi.

Nogironlar uchun mo'ljallangan kupe kengligi bilan ajralib turadi, u ikki kishiga mo'ljallangan bo’lib kuzatuvchilar uchun ham joy mavjud. Har bir kupe ichida stollar, kreslo va aravachani joylashtirish uchun maxsus joylar bilan ta’minlangan. Pastki o’rindiq eng kam harakatlanadigan odamlar uchun mo'ljallangan bo’lib osongina qulay joyga aylanadi.
Shunda yo’lovchi nafaqat yotib ketishi mumkin hamda o’tirib ketishiga ham imkoniyatlar yaratilgan. Bunday o’rindiqlarda maxsus kamarlar yordamida yo'lovchi mustaqil ravishda aravachaga o'tishi yoki shunchaki aylanishi mumkin. Yani qulay sayohat uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shu bilan birga, ko'rish va eshitish muammolari bo'lgan odamlar uchun bortda Brayl shrifti ishlatiladi. Hojatxonada yorug'lik va tovush ko'rsatkichi mavjud.

Qurilgan vagon "Toshkent yo'lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi"AJ muhandislari va mutaxassislarining sa'y-harakatlari natijasidir. Ular nogiron yo'lovchilar uchun qulay va xavfsiz joy yaratish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdi.

Vagonni topshirish marosimida "Aray trans KZ" MCHJ vakillari buyurtmani sifatli bajarganligi uchun "TYVQTZ" AJga o'z minnatdorchiligini bildirishdi va yangi vagon kam harakatlanadigan yo'lovchilarni tashish sharoitlarini sezilarli darajada yaxshilaydi va ularning sayohatlarini yanada qulay va qulay qiladi.

"TYVQTZ" AJ turli mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun o'z texnologiyalarini faol rivojlantirish va takomillashtirishda davom etmoqda. Zavod yo'lovchi infratuzilmasini rivojlantirishga qo'shgan hissasi bilan faxrlanadi va barcha toifadagi yo'lovchilar uchun transport sharoitlarini yanada yaxshilashga intiladi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI