“Xon atlas 2023” milliy festivali: Temiryo‘lchi xotin-qizlar o‘z liboslarini namoyish qilishdi

“Xon atlas 2023” milliy festivali: Temiryo‘lchi xotin-qizlar o‘z liboslarini namoyish qilishdi


Joriy yilning 28 sentyabr kunlari respublikamizda atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlarini targ‘ib etish maqsadida yorqin ranglarga boy “Xon atlas 2023” milliy festivali bo‘lib o‘tdi. Ta'kidlash joizki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tarkibiga kiruvchi barcha bo'ysunuvchi korxonalar, tashkilotlar va bo'linmalarda milliy libos kiygan temir yo'lchilar an'ana va milliy merosga sodiqligini ta'kidladilar.

Mazkur festivalda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ish joylarida ixtiyoriy atlas, adras kabi milliy liboslarda faol ishtirok etishdi.

— Xon atlas – eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi, — deydi Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi bosh mutaxassisi, Jamiyat xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi raisi N.Kirgizova. — Mazkur matoni qadimda faqat xonlar kiygani uchun ham xon atlas nomi bilan atalgan deyishadi. Xon atlas tarixi haqida juda ko‘p rivoyatlar bor. Muhimi bu rivoyatlar emas. Muhimi matoning noyobligi, nafisligi, takrorlanmas dizayni va tayyorlanishi deb o‘ylayman.  Bir metr atlas 2,5 oyda tayyor bo‘lar ekan. Matoga ruyan o‘simligi, anor po‘stlog‘i, o‘simlik bargi ekstrakti, piyoz po‘sti orqali rang berilib, matoning 70 foizi qo‘lda yaratiladi. Xon atlas nafaqat biz o‘zbek ayollari uchun, balki chet ellik sayyohlarni ham o‘ziga doimiy jalb qiladigan jozibador matodir.

“Xon Atlas 2023” festivali temiryo‘lchi ayollar uchun ularning temir yo‘l sohasi rivojiga qo‘shgan o‘rni va hissasini ta’kidlash hamda milliy merosga sadoqatini namoyish etish uchun ajoyib platformaga aylandi. Ularning ushbu tadbirdagi ishtiroki korporativ ruhni mustahkamlashga xizmat qildi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

1
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI