Yuk jo'natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar diqqatiga!
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati 2019-2023 yillar mobaynida jamiyat bo‘yicha yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlari, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, ish haqi fondi oshganligini e’tiborga olib, hamda mahalliy qatnovda yuklarni tashishdan ko‘rilayotgan zararni kamaytirish maqsadida 2023 yil 20 oktyabrdan mahalliy qatnovda yuk tashishda 10-01 Preyskurantining amaldagi O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi tarif stavkalariga quyidagi yangi kozffisiyentlar o‘rnatilishini ma’lum qiladi:
– quyidagi liniyalar ishtirokisiz – 0,7150;
– "Toshg‘uzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on" liniyasi ishtirokida – 0,7523;
– "Angren – Pop" liniyasi ishtirokida – 0,8512;
– ikkala liniya "Toshg‘uzar – Boysun – Qumqo‘rg‘on" va "Angren – Pop"
ishtirokidagi yuk tashuvlarida – 0,8512 (yagona koeffisiyent)".
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI