Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma
Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim. * Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.
Ma’lumki, shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida raqamlashtirish barcha sohaga kirib bormoqda. Buning natijasida mehnat unumdorligi ortib, bir qator qulayliklar yaratilyapti.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Raqamli О‘zbekiston-2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan «Raqamli О‘zbekiston-2030» milliy strategiyasi doirasida temir yо‘l tizimida ham keng qamrovli amaliy ishlar olib borilmoqda.
“О‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Z.Narzullayev “O‘zbekiston” lokomotiv deposida bo‘lib, lokomotiv xо‘jaligida raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida deponing axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bо‘limi mutaxassislari tomonidan raqamlashtirishga oid ishlanma va takliflar taqdimoti о‘tkazildi.
Mutaxassislar raqamlashtirish orqali ish samaradorli va mehnat unumdorligini oshirish, yozma ravishda yuritib kelinayotgan jurnal va kitoblardan voz kechish, yagona ma’lumotlar bazasiga ega bо‘lish, ma’lumotnoma va bayonnomlarni elektron shakllantirish va tezkorlik bilan chop etish, axborot tizimlarni umumiy monitoring qilish, ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash, qog‘oz sarfini 50 foizdan 70 foizgacha kamaytirish, lokomotiv deposining axborot tizimlarining о‘zaro ishlashida yagona yondashuvni ta’minlashga erishish mumkinligini ishonchli ma’lumotlar bilan izohlab berdi.
– Raqamli texnologiyalar har qanday korxonaning izchil rivojlanishining asosiy kaliti bо‘lib, bu ishning kо‘p jihatlarida sifatli yutuqlarga erishishga imkon beradi. Shuningdek, raqamlashtirish resurslarni rejalashtirish, jarayonlarni optimallashtirish, ma’lumotlar almashinish, boshqaruvning shaffofligi ta’minlashi bilan ham juda muhimdir, - dedi boshqaruv raisi Z.Narzullayev.
Taqdimotlardan sо‘ng boshqaruv raisi barcha boshqarma rahbarlari va mutasaddilariga о‘z xо‘jaliklarda raqamlashtirish bо‘yicha ishlarni kuchaytirish bо‘yicha alohida topshiriqlar berdi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
Читайте также
0
0
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI