"O'zbekiston temir yo'llari" AJni isloh qilish bo'yicha navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
2023-yil 28-oktabrda "O'zbekiston temir yo'llari" AJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-son qarorida belgilangan vazifalar bajarilishiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi B.Maksimkulov, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov, Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari B.Xodjayev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. Z.Narzullayev va boshqa vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda bugungi kunda qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni Xoldingga aylantirish, uning tarkibida yangi “Temiryo‘linfratuzilma”, “Temiryo‘lkargo” aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, mintaqaviy temir yo‘l uzellarini filial sifatida qayta tashkil etish jarayonlari qay tarzda kechayotganligi masalasi muhokama qilindi.
Bu borada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan bevosita transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi komissiya shakllantirilganligi maʼlum qilindi.
Shuningdek, qayta tashkil etish ko‘rinishidagi transformatsiya jarayonlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda xatlov o‘tkazilishi tegishli vazirliklar va idoralar masʼullari tomonidan taʼkidlab o‘tildi.
Yig‘ilish so‘ngida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, belgilangan muddatlarda topshiriqlar ijrosini taʼminlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI