“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi g‘olibi aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va Boshqaruv raisining N-841-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash borasida olib borilgan ishlar o‘z smarasini berib, bugungi kunda temiryo‘lchilar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish har doimgidan ham oshib bormoqda.
Buni Boshqaruv raisining “Markaziy apparatdagi direksiya, xizmat, markaz va boshqarmalar o‘rtasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi futbol musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi N-360-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan futbol musobaqasida 22 ta jamoalarning ishtirokidan ham bilishimiz mumkin.
Faqat “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy apparatda faoliyat yuritadigan direksiya, xizmat, markaz va boshqarmalarning 22 ta jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan futbol musobaqasining saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi yakuniy o‘yinlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi” futbol musobaqasi yarim final va final bosqichi 28 oktyabr kuni “Lokomotiv” MJSK da o‘tkazildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi” futbol musobaqasi final bosqichida Toshkent markaziy aloqa va signallashtirish distansiyasi, Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi, “Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ, Statistika va hisobga olish boshqarmasi o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi sohibi sifatida Toshkent markaziy aloqa va signallashtirish distansiyasi jamoasi eʼtirof etildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi” futbol musobaqasida 2-o‘rinni Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ kubogi” futbol musobaqasida 3-o‘rinni“Toshtemiryo‘lloyiha” MCHJ jamoasi qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘oliblari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati tomonidan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa ramziy kubok, 1-2 va 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan jamoa aʼzolarining har biri faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan “Eng yaxshi xujumchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi hakam” va musobaqani tashkil etishda faollik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI