Yuk jo'natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar diqqatiga!

1. Vagonlarni qoʻyib berish va olib chiqish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Nizomining 43-moddasiga muvofiq vagonlarni shoxobcha yoʻllariga qoʻyib berish va olib chiqish uchun yangi stavkalarni 2024-yil 1-yanvardan amal qilishini maʼlum qiladi:

- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli lokomotiv bilan umumiy foydalanishda boʻlmagan shoxobcha yoʻllariga (temir yoʻl liniyasi shoxobcha yoʻl egasiga tegishli boʻlgan) vagonlarni qoʻyib berish va olib chiqishda 1-son jadvalga asosan;

- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli lokomotiv bilan  umumiy foydalanishda boʻlmagan shoxobcha yoʻllariga (temir yoʻl liniyasi “UTY” AJga tegishli boʻlgan) vagonlarni qoʻyib berish va olib chiqishda 2-son jadvalga asosan;

- “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga tegishli boʻlmagan lokomotivlarda, temir yoʻl liniyasi “UTY” AJga tegishli boʻlgan umumiy foydalanishda boʻlmagan shoxobcha yoʻllariga (temir yoʻl liniyasi “UTY” AJga tegishli boʻlgan) vagonlarni qoʻyib berish va olib chiqishda 3-son jadvalga asosan.

2. Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan qoʻshimcha ishlar va xizmatlarning xarajatlarini qoplash maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2024-yil 1-yanvardan shartnomaviy (erkin) narxlarning yangi tarif qiymatlari amal qilishini maʼlum qiladi.

Faylni yuklab olish
pdf
Faylni yuklab olish
pdf
Faylni yuklab olish
pdf
0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI