“O‘zbekiston temir yo‘llari“ AJ va “Qozog‘iston temir yo‘llari“ MK“ AJ vakillari IT-texnologiyalar sohasida tajriba almashdilar

2023-yilning 27-28-dekabr kunlari Ostona shahrida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Qozog‘iston temir yo‘li” NK AJ vakillari IT-texnologiyalari sohasida tajriba almashish maqsadida uchrashdi. Uchrashuvda har ikki tomon vakillari xalqaro tashishlarda elektron hujjat aylanishiga o‘tish bo‘yicha olib borayotgan ishlari haqida ma’lumot berishdi.

Tomonlar o‘rtasidagi uchrashuv davomida hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirishga tayyorlik bo‘yicha ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Tomonlar IT-bloklarini rivojlantirish va erishilgan kelishuvlarni ilgari surish bo‘yicha muntazam uchrashuvlar va maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar. Bu tomonlarga zamonaviy texnologiyalarni samarali tatbiq etish va temir yo‘l sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI