"Xayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21-fevral kuni "Xayraton stansiyasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida "Xayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va taʼmirlash ishlariga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda “Xayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI