Temiryo‘lchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yurtimiz hududini ko‘kalamzorlashtirishda davom etmoqda
Xabaringiz bor, 2024-yil 29-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida joriy yilning bahorida 125 million tupga yaqin ko‘chat ekish rejalashtirilgan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi barcha tarkibiy bo‘linmalar, korxona va tashkilotlar bahorgi ekish mavsumida faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlash joiz.
Xususan, “Quyuv-mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jamiyat hududidagi bo‘sh yer maydonlarida ko‘kalamzrlashtirish va daraxtzorlashtirish ishlari olib borildi. Ushbu hayrli tadbirda jamiyat boshqaruv raisi K.Rashidov boshchiligidagi boshqaruv aʼzolari, bo‘lim, sex va uchastka boshliqlari va xodimlar faol ishtirok etishdi.
Shuningdek, “Temiryo'linfratuzilma” AJ rahbariyati va Qo’qon MTU filiali boshlig’i B.Milladjonov boshchiligidagi bir guruh komissiya a'zolar stansiyalarida mevali va manzarali ko’chatlar ekish ishlarida faol ishtirok etishmoqda hamda stansiyalarni birma-bir ko’zdan kechirishmoqda.
Shu bilan birga, “Qarshi MTU” filiali rahbariyati boshchiligida ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Joylardagi stansiya hududi, korxona va tashkilotlar, temir yo'l atroflari, tashlandiq bo‘lgan yerlar chiqindilardan tozalandi hamda mevali va manzarali ko‘chatlar ekilib bog‘lar yaratildi.
Bolalar temir yo'l shifoxonasi hududida manzarali va meva-sabzavot daraxtlarini ekishda faol ishtirok etgan “O'zbekiston temir yo'llari” AJning Axborot-tahliliy media markazi xodimlari ham chetda qolmadi.
Temir yo'l ishchilarining hududni obodonlashtirish bo'yicha ushbu sa'y-harakatlari ijtimoiy mas'uliyat va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizda ekologik toza va yashil muhit yaratishga intilishning yorqin namunasidir.
Temiryo‘lchilar yurtimiz hududlarini obodonlashtirishda faol ishtirok etishda davom etmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI