"Temir yo'l ijtimoiy xizmatlar": Хalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

Joriy yilning 18-19-aprel kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi tashabbusi bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Travmatologiya va ortopediyaning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi, Hindiston va MDH mamlakatlaridan professor va yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi. Xaqaro konferensiyaning tantanali ochilish marosimida “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi boshlig‘i M.Mamasidikov va Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor J.Rizayev so‘zga chiqib, travmatologiya va ortopediya sohasidagi yangi yutuqlarni muhokama qilishning dolzarbligi hamda xalqaro ilmiy va amaliy hamkorlikning muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu konferensiya mutaxassislar uchun travmatologiya va ortopediya masalalarida innovasion yechimlar maydonchasiga aylandi. Bu konferensiya ilmiy-amaliy hamkorlikni mustahkamlashda, travmatologiya va ortopediya sohasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, uning natijalari amaliyotga tatbiq etilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga ko‘maklashadi.

Konferensiya ishida orqa miya va yirik bo‘g‘imlar kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashga zamonaviy yondashuvlar, yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash, bir vaqtning o‘zida operatsiyalarni oldindan rejalashtirish, operatsiyadan keyingi bemorlarni reabilitatsiya qilish kabi masalalar keng muhokama etildi. Anjuman ishtirokchilari sohadagi yangi fundamental bilimlar va innovasion ishlanmalar bilan tanishish, ilmiy yutuqlarni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini o‘rtoqlashdilar. Konferensiya davomida chet el professorlari va mutaxassislari ishtirokida dolzarb ma’ruzalar o‘qildi va jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Konferensiya doirasida temiryo‘lchilar va aholiga sifatli tibbiy yordam xizmat ko‘rsatish, kadrlarni tayyorlash, tajriba almashish hamda  yangi innovasion davolash usullarini tadbiq qilish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlari” muassasasi o‘zaro quyidagi tibbiyot tashkilotlari bilan  hamkorlik memorandumi imzoladi. Samarkand davlat tibbiyot universiteti, “Rossiya temir yo‘llari”ochiq aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash markaziy direksiyasi, Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi I.Mechnikov nomli shimoliy-g‘arbiy davlat universiteti, Xindiston “MIOT” tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saklash vazirligi akademik Ye.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyet akademiyasi bilan har tomonlama manffatli hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

Konferensiya kun tartibining rejasiga asosan Samarqand bekati temir yo‘l shifoxonasida chet davlatlardan tashrif buyurgan professorlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan temiryo‘lchilar va mahalliy aholi bepul tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi.
O‘zbekistonda ilk bor milliy temir yo‘l “T-MED Vision”(telemedisina) dasturi orqali jonli efirda travmatologiya va ortopediya Respublika ilmiy instituti bo‘limi boshlig‘i professor Dmitriy Ptashnikov (Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg) va  Samarqand jarrohlari S.Usmanov hamda B.Kazimovlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiya jarayonlari to‘g‘ridan to‘g‘ri barcha tizimdagi davolash-profilaktika muassasalari shifokorlariga va tegishli auditoriyalarga “master-klass” formatida translyasiya qilindi. Ushbu operatsiya “Interlaminar usulda VL5-VS1 oralig‘i disk churrasini olish, dekompressiya qilish va chapdan asab ildiz tolalarini bosimdan holi qilish” tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Shu bilan birga navbatdagi yuqori texnologiya minimal invaziv usulda “Laparoskopik xolesistektomiya.

Qorin bo‘shlig‘ini drenajlash” hamda “Chap tomondan Lv umurtqa gemilaminektomiyasi.

Lv-SI umurtqalar orasidagi qalinlashgan sariq va disk churrasini olib tashlash va orqa miya nerv ildizini bosilishdan ozod qilish” jarrohlik amaliyoti neyrojarrohlar tomonidan samarali o‘tkazildi va bu konferensiya ishtirokchilari hamda tizimdagi davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari uchun mahorat sabog‘i bo‘ldi.

Telemedisina orqali olis masofadagi hududlarda joylashgan davolash-profilaktika muassasalari shifokorlari tomonidan olib borilayotgan jarrohlik amaliyotlarini  kuzatish imkoni yaratildi, savollar yozishlari yoki savollarni ovoz orqali olib borish imkoniyatini beradi. Bu esa bemorlarni sifatli va samarali davolashda hamda kelajakda malakali va tajribali shifokorlarni tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi.

Muxtasar qilib aytganda temir yo‘l tibbiyoti tomonidan o‘tkazilgan ushbu konferensiya sohadagi keng ko‘lamli muammolarni hal qilishga samarali hissa qo‘shadi.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI