"TOSHKENT YO’LOVCHI VAGONLARINI QURISH VA TA’MIRLASH ZAVODI» AJ barcha iqtidorli dizaynerlarga yo‘lovchi vagonlarini ichki va tashqi dizayn ko‘rinishi bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlov shartlari
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolari qatnashishi mumkin.
Tanlovda ishtirokchilar guruh bo‘lib yoki yakkaxon holda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda yo‘lovchi vagonlarini ichki va tashqi ko‘rinishi quyidagi talablarga javob berishi shart;
- O‘zbekiston Respublikasining milliyligini yuqori darajada aks ettirishi;
- dizayn ishlab chiqishda iqlimiy mavsumiy sharoitlarni (ultrabinafsha nurlanish, qum bo‘ronlari, ekstremal kontinental iqlim) hisobga olish;
- yo‘lovchi vagonlarini ichki va tashqi ko‘rinishi texnik shart (TZ) talablariga mos holda ishlab chiqish.
Tanlov quyidagi tartibda tashkil etiladi:
- ishtirokchilarning dizayn ko‘rinishlarini qabul qilish (2024-yil 25-maygacha);
- 1 nafar g‘olibni aniqlash (2024-yil 28-maygacha).
Shunga ko‘ra ishtirokchilar 2024-yil 30-aprelgacha rempassvagon@mail.ru elektron pochta manziliga taqdim etishi kerak.
Tanlov g‘olibi dizayn ko‘rinishi bo‘yicha mualliflik huquqini «TOSHKENT YO’LOVCHI VAGONLARINI QURISH VA TA’MIRLASH ZAVODI» ga berishi talab etiladi.
Murojat uchun: +998 71 237 85 91.
Tanlovda quyidagilar taqiqlanadi:
- tanlov shartlariga mos bo‘lmagan yosh kategoriyasi bo‘yicha ishtirok etish;
- nominatsiya tavsifiga to‘g‘ri kelmagan dizayn loyihasini topshirish;
- plagiat holatlarga yo‘l qo‘yish.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI