"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalarning aksiya ulushlari (paketlari) hamda ko‘chmas mulk obyektlarini sotish to‘g‘risidagi e’lon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-168-son, 2023-yil 24-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-102-son, 2023-yil 10-oktyabrdagi PQ-329-son "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda 2024-yil 19-apreldagi PQ-162-son "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorlariga muvofiq, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning aktivlari, shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi jamiyatlar va korxonalarning aktivlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazgan holda ommaviy savdolar orqali sotish amalga oshiriladi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tarkibidagi jamiyatlar va korxonalar aktivlarini sotib olishga qiziqish bildirgan investorlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga murojaat etishlari mumkin.
Ommaviy savdolar orqali sotuvga qo‘yiladigan aktivlar ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Batafsil ma’lumotlarni +998712592059, +998712592037 raqamlariga murojaat qilish orqali yoki https://davaktiv.uz veb-saytidan olishingiz mumkin.
Faylni yuklab olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI