
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: Joylarda uchrashuvlar davom etmoqda
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari A.Kamildjanov boshchiligida "Temiryo‘linfratuzilma" AJ "Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filialiga qarashli stansiyalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida tadbirkorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, yuk tashish jarayonini yanada samarali tashkil etish va xizmatlarning sifatini oshirish borasida muhim masalalar muhokama qilindi.
A.Kamildjanov tomonidan tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yuk tashish xizmatlarini kengaytirish hamda zamonaviy logistika yechimlarini joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yig‘ilishda tashish jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqishga urg‘u qaratildi.
Yig‘ilish davomida tadbirkorlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar. Mazkur uchrashuv natijalariga ko‘ra, "Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli" stansiyalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli amalga oshirish bo‘yicha qator qarorlar qabul qilindi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI