«Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ TYHTda: Тemir yo'l transportini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik

Bugun, 2024-yil 4-noyabr kuni «Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va Temir yoʼllar hamkorlik tashkiloti (TYHT) raisi Miroslav Аntonovich oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvda Miroslav Аntonovich Oʼzbekistonning TYHTda aʼzoligi doirasida mintaqadagi temir yoʼl hamkorligini rivojlantirishga qoʼshgan hissasi, xalqaro yuk va yoʼlovchi tashuvlarini rivojlantirish hamda yagona temir yoʼl makonini yaratishdagi muhim roli haqida alohida taʼkidlab oʼtdi.

Shuningdek, Z.Narzullaev tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va temir yoʼl sohasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda TYHTning oʼrni katta ekanligi qayd etdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomon konstruktiv hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kelgusidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 

Shuningdek, TYHT raisi Miroslav Аntonovich "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJning tashkil etilganiga 30 yil toʼlishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullaevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI