O‘zbekiston va Qirg‘iziston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashning 81-yig‘ilishi doirasida  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.Narzullaev va "Qirg‘iz temir yo‘li" davlat korxonasi rahbari Sakiev Azamat Abdukadirovich o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryo‘lkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi ob’yektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida “Toshkent-Ribache” yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston temir yo‘l xodimlarini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markazlarida malakasini oshirish masalasi ham muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishda o‘quv dasturlarini tashkil etishga kelishildi.

Shuningdek, Qirg‘iziston temir yo‘llari davlat korxoansi rahbari Azamat Abdukadirovich "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning tashkil etilganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyat rahbari Z.Narzullayevni va jamiyatning barcha xodimlarini samimiy muborakbod etdi.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI