“O’zbekiston temir yo’llari” AJ o'zining 30 yilligini nishonlamoqda
Bugun, 2024-yil 7-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining 30 yillik bayramini nishonlamoqda. Bu yillar davomida Jamiyat mamlakatimizdagi transport infratuzilmasining asosiy tarmoqlaridan biriga aylanib ulgurdi. Davlat va undan tashqarida ishonchli aloqani yo’lga qo’yib, respublika iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng 1994-yilda tashkil etilgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyatini mamlakatimiz temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilishdek ulkan maqsad bilan boshlagan. O‘shandan beri Jamiyat uzoq yo‘lni bosib o‘tdi, ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshirdi.
O‘tgan yillar davomida Jamiyat temir yo‘l tarmog‘ini muvaffaqiyatli rijovlantirdi va kengaytirdi, yangi texnologiyalarni joriy qildi va xizmat ko‘rsatish sifati oshdi.
Bugungi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchi va yuk tashish, harakatlanuvchi tarkibga, shuningdek, barcha turdagi yuk va yo‘lovchi vagonlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kabi keng turdagi xizmatlarni taqdim qiladi. Jamiyat turli mamlakatlardagi hamkorlar bilan aloqani yo’lga qo’ygan va o'z xizmatlarini yaxshilash ustida doimiy ish olib bormoqda.
Bundan tashqari, so‘nggi yillarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati harakat tarkibi va infratuzilmasini yangilashga faol sarmoya kiritdi. Xavfsizlik va qulaylikligi jihatdan xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy poyezdlar xarid qilindi, mamlakatimiz bo‘ylab vokzal va stansiyalarni zamonaviylashtirildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va temir yo‘l transporti samaradorligini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar, jumladan, xodimlar va hamkorlarning tantanali uchrashuvi, korxona tarixi va yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil qilinmoqda. Ushbu tadbirlarda uning ravnaqiga katta hissa qo‘shgan xodimlar va faxriylarning xizmatlari e’tirof etilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining barcha xodimlari, hamkorlari hamda mijozlariga shu yillar davomida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashi va ishonchi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Jamiyat oldinda hali ko‘p yutuq va zafarlar borligiga, O‘zbekiston va uning fuqarolari manfaati yo‘lida mehnat qilishda davom etishiga ishonch bildiradi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ jamoasini 30 yilligimiz bilan tabriklaymiz!
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI