Yuk jo’natuvchilar va yuk qabul qiluvchilar diqqatiga!
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bog‘liq xarajatlarning oshishini hisobga olib, ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida, 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovda “O‘zbekiston temir yo‘llar” AJga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashishda tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshirilishi maʼlum qilinadi.
Maʼlumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechib, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirilmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI