“Yashil makon”: Temir yo‘llari bo‘ylab obodonlashtirish ishlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024-yil 21-oktyabr kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi universiteti (“Green University”)ga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlarini amalga oshirish doirasida, shuningdek, “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash va ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘l uchastkalarida daraxt ekish jarayonlarini faol davom ettirmoqda.

Asosan, Samarqand-Qarshi temir yo‘llariga alohida eʼtibor qaratilib, 145 km masofaga ko‘chat ekish jarayonlari amalga oshirildi. Qarshi va Termiz VCHDlari orasiga jami 1500 tup daraxt ko‘chatlarining o‘tqazilgani mazkur joylardagi yashil hududlarni obodonlashtirishga hissa qo‘shmoqda.

SHCh-8 (Qarshi) signalizatsiya va aloqa masofasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari E.Ostonov ham “Yashil makon” loyihasi doirasida Alatun – Ayritom stansiyalari oralig‘ida ko‘chat o‘tqazishda faol ishtirok etdi. Bu saʼy-harakatlar tabiatni asrash, sog‘lom ekologik muhitni yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, stansiyalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi yo‘lovchilar va aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda xizmat qilmoqda. 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ko‘chat o‘tqazish, atrof-muhitni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar davom etmoqda va bu yurtimiz fuqarolari uchun musaffo va yashil muhit ko‘rinishida o‘z samarasini bermoqda.


"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI