Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi
2024-yil 25-dekabr kuni Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzalining rekonstruksiya qilingan yangi binosini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, kirib kelayotgan Yangi yil bayrami hamda bayram arafasida yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida va xalqimiz hayotida tarixiy o‘zgarishlar va yangilanishlar ro‘y bermoqda. Barcha sohalar qatori Transport sohasida olib borilayotgan islohotlar xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga xizmat qilmoqda.
Bugungi foydalanishga topshirilayotgan Qo‘ng‘irot temir yo‘l vokzalining yangi binosida Prezidentimizning maxsus topshirig‘i bilan 17,5 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlari olib borildi va barcha qulay sharoitlar yaratildi.
Shuni ham alohida taʼkidlash kerakki, ushbu obyektda o‘tgan 70 yil ichida bunday keng ko‘lamli qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan edi.
Albatta, bu temir yo‘l vokzali uzoq yillar davomida xalqimizga hamda yurtimizga kelgan mehmonlarimizga sifatli xizmat qiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI