"O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari haqidagi yillik HISOBOT
"O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko'rib chiqish natijalari haqidagi yillik
HISOBOT
2025-yil 1-yanvar holatiga ko'ra,
I. Umumiy ma'lumot
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga 2024-yil davomida aloqa kanallari orqali jami 56 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, hududlar kesimida quyidagicha ko'rinishga ega:
1. Andijon viloyati – 2 ta;
2. Buxoro viloyati – 1 ta;
3. Farg'ona viloyati – 9 ta;
4. Jizzax viloyati – 4 ta;
5. Navoiy viloyati – 6 ta;
6. Qashqadaryo viloyati – 6 ta;
7. Qoraqalpog'iston Respublikasi – 1 ta;
8. Samarqand viloyati – 2 ta;
9. Surxondaryo viloyati 5 ta;
10. Toshkent shahar – 12 ta;
11. Toshkent viloyati – 6 ta;
12. Xorazm viloyati – 2 ta.
II. Ko'rib chiqish natijalari
“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasiga 2024-yil davomida kelib tushgan 56 ta murojaatdan 6 ta murojaat huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, 26 ta murojaat bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. 19 ta murojaat bo'yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berilib, 2 ta murojaat ko'rmasdan qoldirildi. 3 ta murojaat bo'yicha tekshiruvlar davom etmoqda.
III. Minimallashtirish choralari
Korrupsiya faktlariga doir kelib tushgan murojaatlardan kelib chiqib korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo'yicha ko'rilgan choralar quyidagilardan iborat:
1. O'z vaqtida xizmat safarlari tashkil etilib, har bir murojaat bo'yicha hujjatlar tegishli mutaxassisilar tomonidan o'rganildi.
2. Murojaatchilar bilan tegishli mutaxassislar o'zaro bog'langan holda kerakli ma'lumotlar va tegishli hujjatlar o'rganib chiqildi.
3. Xizmat safarlari mobaynida davra suhbatlari, tushuntirish ishlari olib borildi.
4. Qoidabuzarlikka yo'l qo'ygan xodimlarning bir qanchasi egallab turgan lavozimidan ozod etildi, past lavozimlarga o'tkazildi, turli intizomiy jazolarga tortildi.
5. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ishchi-xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida jamiyat va uning tizim tashkilotlari xodimlari uchun maxsus o'quv kurslari tashkil etildi.
6. Korrupsiyaning oldini olish maqsadida eslatma sifatida ish stolida foydalanish uchun uslubiy qo‟llanmalar chop etilib tarqatildi.
7. Zoom platformasi orqali jamiyat tarkibidagi barcha xodimlar bo'limi mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya yig'ilishi o'tkazildi.
8. Xodimlar bo'limi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi elektron platforma funksiya doirasi takomillashtirildi.
9. Mavjud va ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi holatlarini tartibga solish choralari ko'rildi.
10. 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Aksilkorrupsiya haftaligi” doirasida "Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o'tkazildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI