
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi
Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar temir yo‘l transporti kengashining 82-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston temir yo‘llari o‘rtasida ikkitomonlama muzokara bo‘lib o‘tdi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Boshqaruvi raisi Z.Narzullayev va "Qirg‘iz temir yo‘li" Bosh direktori A.Sakiyev o’rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish uchun sheriklikni mustahkamlash va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari aks etgan tegishli bayonnoma imzolandi.
"O'zbekiston temir yo'llari" AJ
Axborot-tahliliy media markazi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI