“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ markaziy apparatida ijro intizomiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Joriy yil 20 avgustda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ markaziy apparatida ijro intizomiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi. 
Tadbirda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan oʻzgartirishlar, oraliq nazorat mexanizmi, shuningdek,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi PQ-5132-sonli Qarori hamda 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-sonli Farmoniga asosan kelib tushgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishlab chiqiladigan nazorat rejalar va ularda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Islohotlar natijadorligi bevosita ularni amalga oshirishga qaratilgan topshiriq  va chora-tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarishga bogʻliq ekanligi ta'kidlandi. Tizimli muammolar echimlari yuzasidan tavsiyalar   berildi.
Oʻquv-amaliy seminar Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz «texnologik zanjir»ni tashkil qilish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Ishtirokchilar ushbu yoʻnalishda ish samaradorligini oshirish uchun zarur koʻnikmalar bilan tanishib chiqdilar.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI