"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ va Huawei o’rtasida temir yo‘l transportini raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

2025-yil 10-sentyabr kuni Huawei kompaniyasi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Huawei ofisida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda boshqaruv raisining transformatsiya, raqamlashtirish va moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov, shuningdek, IT-blok va transformatsiya bloki mutaxassislari kompaniyaning ilg‘or texnik yechimlari bilan tanishdilar.

Huawei kompaniyasi simsiz va simli tarmoqlar, zamonaviy serverlar va kommutatsiya uskunalari, shuningdek, temir yo‘l transporti ehtiyojlariga moslashtirilgan maxsus texnologik yechimlar sohasidagi yutuqlarini taqdim etdi. Ushbu innovatsiyalar infratuzilmani yaxshilash va sohadagi xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar bulutli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish, operatsion jarayonlarni optimallashtirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, temir yo‘l sohasida raqamli transformatsiyani davom ettirish kabi bir qator muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ushbu hamkorlik innovatsiyalar va modernizatsiya uchun yangi ufqlarni ochadi, bu esa, shubhasiz, sohani rivojlantirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI