“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – “Temir yo‘l sohasida elektron xizmatlarni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi hamkor tashkilot” nufuzli mukofotini qo'lga kiritdi

ICT Week Uzbekistan 2025 haftaligi doirasida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyat hayotiga raqamli texnologiyalarni joriy etishda katta yutuqlarga erishgan, faol va tashabbuskor tashkilotlar munosib ravishda taqdirlandi.

Ular orasida  “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ham – “Temir yo‘l sohasida elektron xizmatlarni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi hamkor tashkilot” nufuzli mukofotiga sazovor bo'ldi.

Ushbu e’tirof bizning transport va logistika sohasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga, xalqaro integratsiya imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizning e’tirofi bo‘ldi.

Tadbir davomida jamiyatimiz vakillari UZINFOCOM stendiga tashrif buyurib, mamlakat raqamli infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan asosiy loyihalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI