“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ markaziy apparatida ijro intizomiga bagʻishlangan iqtisodiy oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtdi.
Joriy yil 19 sentyabrda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy apparatida ijro intizomiga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025 yil 25 iyuldagi PF-117-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda ijro intizomini mustahkamlash masalalari bag‘ishlandi.
Ijro intizomi nazorati departamenti boshlig‘i A.K. Abdurazakov Prezident Farmoniga muvofiq joriy qilingan yangi nazorat mexanizmlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilinganligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ijro intizomini ta’minlashdagi tizimli muammolar bevosita ijrochilar bilan muhokama qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI